O‘zbekistonda xalqaro tashkilotlar jalb qilingan holda “Aholi salomatligi — 2030” milliy strategiyasi ishlab chiqiladi. SSV hamda Salomatlik va strategik rivojlanish instituti 2024−2026-yillarga mo‘ljallangan sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va to‘g‘ri ovqatlanishni targ‘ib qilish dasturini tuzadi.
Hozirgi kunga kelib insonlar har qachongidan ham kamroq harakat qilmoqda. Shu sababga ko‘ra, o‘z salomatligi haqida qayg‘uradigan aksariyat kishilar ko‘proq sayr qilishga harakat qilishadi. Biroq, aslida kuniga necha qadam yurish kerak? Nega bu savolga ko‘pincha 10 ming qadam degan javobni eshitamiz?
2023 yilgi davlat dasturi loyihasiga ko‘ra, aholi orasida yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning oldini olish, jismoniy faollik darajasini oshirish maqsadida O‘zbekistonda «To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi» umummilliy harakati yo‘lga qo‘yiladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 6 apreldagi farmoni bilan aholini kunlik yurish va yugurishga targ‘ib qilish maqsadida yaratilgan «Sog‘lom turmush tarzi» (1hls.uz) platformasi faoliyati tugatilgan. Yanvar oyida ushbu platforma foydalanuvchilari sonini oshirish uchun davlat budjetidan 100 mlrd so‘m mablag‘ ajratilishi haqida prezident qarori imzolangan edi.
Turizm va sport vazirligining xabar berishicha, «Sog‘lom turmush tarzi» platformasida (1hls.uz) ro‘yxatdan o‘tganlar soni 1,2 mln kishidan oshdi. Shu yilning 10 iyunidan hozirgi kunga qadar platforma foydalanuvchilariga piyoda yurganligi uchun 43,4 mlrd so‘m to‘lab berilgan.
Shavkat Mirziyoyev Moliya vazirligiga 2022 yilda “Sog‘lom turmush tarzi” platformasini (1hls.uz) yanada ommalashtirish uchun qo‘shimcha 60 mlrd so‘m ajratish bo‘yicha topshiriq berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur platformadan foydalanuvchilar bugungi kunda 600 ming nafarga yetdi, ularga piyoda yurgani uchun 18 mlrd so‘m to‘lab berildi.
Prezident qarori bilan Moliya vazirligi tomonidan “Sog‘lom turmush tarzi” platformasi orqali amalga oshiriladigan to‘lovlarni 2022 yil uchun davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi. Shuningdek, 1hls.uz ilovasida haqiqatda piyoda yurganligini aniqlovchi mexanizm joriy etiladi.
Shahar sport bilan shug‘ullanish va do‘stlar bilan vaqtichog‘lik qilish uchun eng yaxshi joy. Aholining faolligi joylarni o‘zgartiradi va ularga hayot bag‘ishlaydi. “Gazeta.uz” fotomuxbiri Yevgeniy Sorochin toshkentliklar qanday qilib ko‘cha-ko‘yda dam olib, mashg‘ulot o‘tkazayotganini kuzatdi.
1hls.uz platformasi shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga tushadigan tegishli daromadlar manbalarining bir me’yorda doimiy tushish imkoniyati cheklanganligi sabab qadamlar uchun pul to‘lashni to‘xtatildi. Agar hisobda 500 mln so‘mdan kam mablag‘ qolsa to‘lov to‘xatilishi tushuntirildi. Iyun oyidan buyon fuqarolarining platformadagi elektron hamyoniga jami 9,4 mlrd so‘m mablag‘lar to‘lab berilgan.
Yevropa mamlakatlari mintaqada 2030 yilga qadar velosipedchilar sonini oshirishni ko‘zda tutgan rejani imzoladi. Hukumatlar piyoda sayr qiluvchilar sonini oshirishni ham maqsad qilgan. Ushbu choralar yo‘llardagi tirbandliklardan xalos bo‘lish, shahar muhitidan samarali foydalanishga imkon beradi, deb hisoblamoqda ekspertlar.
2025 yilga kelib aholining umr ko‘rish davomiyligini 75,1 yoshdan 76,4 yoshgacha oshirish hamda semizligi bo‘lgan aholi ulushining o‘sishini 23,5% darajasida to‘xtatish rejalashtirilgan. Ushbu rejalar sog‘lom ovqatlanishni shakllantirish dasturida belgilanadi.
Sherzod Shermatov 10 mingdan ortiq qadam bosib, rahbar sifatida shaxsiy namuna ko‘rsatish oson emasligini aytdi. U taxminan 2 soatlarda 9 kilometrni bemalol yurib borsa bo‘lishini ta’kidlagan.
Kelgusi yildan boshlab bolalarga vitaminlar, parazitlarga qarshi dorilar, yod preparatlari, 35 yoshgacha bo‘lgan ayollarga foliy kislotasi va ferrum bepul beriladi. Prezident ushbu amaliyot bekor qilingani bois davolanish uchun 10 marta ko‘proq mablag‘ sarflashga to‘g‘ri kelayotganini qayd etdi.
Fuqarolarga bir kun davomida 10 ming va undan ortiq qadam yurganlari uchun 3 ming so‘m, bir oy davomida bosib o‘tilgan eng ko‘p qadamlar uchun esa 1 mln so‘m to‘lanishi belgilandi. Buning uchun har bir tuman markazi va shaharlarda piyoda va velosipedda yurish uchun «Salomatlik yo‘laklari» tashkil etiladi.
Sog‘liqni saqlash vaziri Oqoltin tumanida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan aholi o‘rtasida yurish va to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha tajriba to‘g‘risida so‘zlab berdi. U sog‘lom turmush tarzi koronavirusga qarshi kurashda eng samarali yo‘l ekanini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting